» » AQSh Davlat departamenti: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha tarixiy rol o‘ynamoqda

AQSh Davlat departamenti: O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha tarixiy rol o‘ynamoqda


AQSh Davlat departamenti Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiyaga “O‘zbekistonning xalqaro arenaga qaytishi” deya baho berdi. AQSh O‘zbekiston Afg‘onistondagi barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha “tarixiy rol” o‘ynamoqda deb hisoblaydi. Bu haqida “RIA Novosti” axborot manbasi ushbu mamlakat Davlat departamenti vakili Xezer Nauert bayonotiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Mazkur bayonot shu yil 26—27-mart kuni Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya munosabati bilan berildi.

“O‘zbekiston Afg‘onistondagi barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tarixiy rol o‘ynamoqda va mazkur konferensiya uning xalqaro arenaga qaytishini bildiradi deb hisoblash mumkin”, — dedi Nauert xonim.

Uning aytishicha, Afg‘oniston hukumati va AQSh vakillari ushbu konferensiyada ishtirok etadi. “Uchrashuvdan maqsad afg‘on hukumatining tinchlikka erishish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun qator xalqaro sheriklarni bir-biriga yaqinlashtirishga intilishdir”, — deya qo‘shimcha qilgan u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют