» » Rossiya TIV AQSh bilan Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi

Rossiya TIV AQSh bilan Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi


Moskva Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha Vashington bilan hamkorlikka tayyor. Bu haqda Rossiya prezidentining maxsus vakili, RF TIV Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya tomoni AQSh maxsus vakili Elis Uells bilan doimiy aloqani saqlamoqda.

“Prezident Putin oxirgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ta’kidlaganidek, Afg‘oniston bilan hamkorlik — harakatlarimizni AQSh bilan birlashtirish va Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha samarali harakatlarni ishga solishimiz mumkin bo‘lgan yo‘nalish. Shuni ta’kidlamoqchimanki, bu hamkorlikni biz to‘xtatmadik, bundan oldin hamkorligimiz o‘z samarasini isbotlagan bo‘lishiga qaramasdan, amerikalik hamkasblarimiz tomonidan shu qarorga kelingan ”, — deya aniqlik kiritdi diplomat.

O‘tgan hafta AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis jurnalistlarga Afg‘onistonda Rossiya bilan hamkorlik qilish ehtimoliga umid qilayotganligini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют