» » Shavkat Mirziyoyev Karmana tumanidagi “Karmana golden eggs” MChJ bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Karmana tumanidagi “Karmana golden eggs” MChJ bilan tanishdi


Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida Navoiy viloyatiga yetib kelgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari dastlab Karmana tumanidagi “Karmana golden eggs” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti o‘tgan yilning 28-mart sanasida ham Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni ishlar bilan tanishgan va mazkur MChJni tashkil qilish bo‘yicha loyiha o‘tgan yil mart oyida Prezidentga taqdim qilingan edi.

Oradan o‘tgan vaqt davomida birinchi bosqichdagi ishlar boshlandi. 90 kunda jo‘ja yetishtirishga mo‘ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o‘rni yaratildi. Majmuada jo‘ja 90 kun davomida parvarishlanib, tuxim beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev loyiha tashabbuskori bilan kelajak rejalari haqida suhbatlashdi. Ma’lum qilinganidek, 2019-yilda inkubatsiya, tuxum yetishtirish komplekslarini ishga tushirish mo‘ljallangan. Olinadigan mahsulotning 30 foizi eksportga chiqariladi, 100 kishining bandligi ta’minlanadi.

“Parrandachilik bo‘yicha tizim yaratilibdi. Endi bu yerda tuxum yetishtirish va uni eksportga chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют