» » Maduro Venesuelada eng kam ish haqini 2 dollarga qadar ko‘tarishga va’da berdi

Maduro Venesuelada eng kam ish haqini 2 dollarga qadar ko‘tarishga va’da berdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi eng ish haqida 58 foziga ko‘tarishga va’da berdi. Bu haqda El Nacional nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Mamlakat rahbarining so‘zlariga qaraganda, 1-martdan boshlab eng kam ish haqi 248 ming bolivardan 392,5 ming bolivarga qadar oshiriladi. Ushbu summa mamlakatda amalda bo‘lgan milliy valyutaning qora bozordagi kursiga nisbatan olib qaralsa, va’da qilingan ish haqi 2 dollarga yaqinlashib qoladi.

Rasmiy kursga ko‘ra, eng kam ish haqining yangi qiymati 12 dollardan oshgan.

Maduro 2017-yil davomida eng kam ish haqining oshirilishini olti marta ma’lum qilgan.

Hozirda Venesuelada beqaror siyosiy vaziyat sabab iqtisodiy inqiroz, inflyatsiya va mahsulotlar tanqisligi sodir bo‘lmoqda. 2017-yilning o‘zida inflyatsiya darajasi 2600 foizdan oshgan.

Avvalroq Bloomberg dunyodagi iqtisodiyoti eng yomon bo‘lgan mamlakatlar reytingini taqdim etgan va ushbu ro‘yxatda yana bir bor Venesuela yetakchilik qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют