» » Namanganda ichki ishlar ko‘ngilli guruhlari obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarida ko‘maklashmoqda

Namanganda ichki ishlar ko‘ngilli guruhlari obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarida ko‘maklashmoqda


Namangan viloyat IIB tomonidan Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida ko‘ngilli guruhlar tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur guruhlar joylarda kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlarida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarida ko‘maklashmoqda. Ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, uy-ro‘zg‘or jihozlari va bolalar uchun o‘quv qurollari taqdim etilmoqda.

Mahalla ko‘chalarining ta’mirtalab bo‘lgan qismlari shag‘al bilan to‘ldirilib, tomorqalarda dehqonchilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratib berilmoqda. Bu tashabbusni ko‘rgan mahalla ahli ham ichki ishlar xodimlariga qo‘shilmoqda.

Guruhlar faoliyati Navro‘z bayramiga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют