» » Shavkat Mirziyoyev: Olisda joylashgan bu hududlar aholisi ham yaxshi yashashga haqli

Shavkat Mirziyoyev: Olisda joylashgan bu hududlar aholisi ham yaxshi yashashga haqli


Shavkat Mirziyoyev Tomdi tumanidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezidentga dastlab Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Viloyatning ushbu chekka tumanlari va Zarafshon shahrida sanoat, xalq iste’moli mollari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida amalga oshiriladigan loyihalar aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Xususan, Tomdi tumanida “Shodlik” mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bolalar shaharchasi quriladi. Maydoni 4,3 gektar bo‘lgan shaharchada bolalar uchun barcha qulaylik yaratiladi. Qurilish ishlari mart oyida boshlanib, yil oxirigacha yakunlanadi.

Zarafshon shahrida favvoralar xiyoboni barpo etish, Uchquduq tumanidagi “Konchi” sanatoriysini ta’mirlash va jihozlash loyihalari shaharlar obodligi va aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Prezident Zarafshon va Uchquduq shaharlaridagi ko‘p qavatli uy-joy fondini ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

“Olisda joylashgan bu shaharlar aholisi yaxshi yashashga haqli, — dedi davlat rahbari. — O‘tgan yili 150 uy ta’mirlab berilgan edi, 2018–2019-yillarda qolgan 723 turar-joyning tomidan yerto‘lasigacha mukammal ta’mirdan chiqariladi”.

Ayni paytda 2026-yilgacha qimmatbaho metallar qazib olishni ko‘paytirish, “Auminzo-Amantoy” konini o‘zlashtirish, Muruntov konini o‘zlashtirishning 5-bosqichi, Tomdi tumanidagi 2-gidrometallurgiya zavodi quvvatlarini kengaytirish kabi loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi. Davlat rahbari barcha loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri jamoatchiligi vakillari, oqsoqollar, yoshlar, tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Suhbatda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, yon qo‘shnilarimiz bilan do‘stona aloqalar faollashayotgani, odamlarni ish bilan ta’minlash, eng chekka Tomdi tumanida suv manbalarini topish hisobiga aholi farovonligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют