» » OAV: O‘zbekistonda to‘ylarni ixchamlashtirishda Navoiy viloyati tajribasi ilgari suriladi

OAV: O‘zbekistonda to‘ylarni ixchamlashtirishda Navoiy viloyati tajribasi ilgari suriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida 2-mart, juma kuni Xatirchi tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

“Kun.uz”ning o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, Xatirchidagi yig‘ilishda kim o‘zarga o‘tkazilayotgan to‘ylar adolatsizlikka sabab bo‘layotgani ta’kidlangan.

“Shu bois to‘ylarni ixchamlashtirishni Navoiy viloyati tajriba tariqasida boshlab berishi taklifi ilgari surildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev dabdabali to‘ylar va ularga boradigan amaldorlarni tanqid qildi (audio)

Avvalroq internetda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dabdabali to‘y marosimlarini va ularga borayotgan amaldorlarni tanqid qilayotgani yozilgan audio tarqalgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Prezident matbuot xizmati Xatirchidagi yig‘ilishida O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarning to‘ylarini ixcham qilib o‘tkazib beradigan jamg‘arma tashkil etilishi aytilgani haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarning to‘ylarini o‘tkazib beradigan jamg‘arma tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют