» » Saudiya Arabistonida ilk bor uylar fasadi graffitilar bilan bezatildi

Saudiya Arabistonida ilk bor uylar fasadi graffitilar bilan bezatildi


Saudiya Arabistonining Al-Xubar shahrida oltita bino fasadiga graffitilar tushirildi. Arab News gazetasining xabar berishicha, bu qirollik hududidagi ilk bu kabi loyihadir, deb yozadi “TASS”.

Yigirmadan ortiq usta o‘n kun davomida uylar fasadini bezatdi. Ba’zi suratlarda islom me’yorlarida taqiqlangan odamlar tasviri ham bor. Mahalliy kartina galereyasi sohibi Madavi al-Baz ko‘cha san’ati ko‘rgazmasining tashkilotchisi bo‘ldi. Saudiya malikasi Abir bint Feysal Al Saud loyihaga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi.

Ko‘pchilik odamlar rassomlar ishidan bahramand bo‘lish va esdalik uchun suratga tushishga kelmoqda. Loyiha boshqa tumanlarda ham qiziqish uyg‘otdi, shuning uchun kelajakda butun shahar ko‘rinishi o‘zgarishiga umid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют