» » Tramp Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydash uchun ruxsat berilganidan mamnun bo‘ldi

Tramp Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydash uchun ruxsat berilganidan mamnun bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydash uchun ruxsat berilishini “ijobiy qadam” deb atadi. Bu haqda Tramp matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida aytiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Bu Saudiya Arabistonida ayollarning huquq va imkoniyatlarini olg‘a siljitish tomonga qo‘yilgan ijobiy qadam. Biz Saudiya Arabistonini uning Saudiya jamiyati va iqtisodiyotini shunday islohotlar orqali mustahkamlash yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, — dedi Sanders.

Avvalroq Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saud ayollarga haydovchilik guvohnomasi olish va avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagani xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют