» » Saudiya Arabistonida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ayollarga vasiy erkaklar ruxsati talab etilmaydigan bo‘ldi

Saudiya Arabistonida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ayollarga vasiy erkaklar ruxsati talab etilmaydigan bo‘ldi


Saudiya Arabistonida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ayollarga endi vasiy erkaklar ruxsati talab etilmaydigan bo‘ldi. Bu haqdagi farmon qirol Salmon ibn Abdulaziz tomonidan qabul qilindi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Yangi hujjat ayollarga ishga joylashish, oliy ta’lim, tibbiy yordam olish va boshqa xizmatlardan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Ularga oldin ham bunga rasman taqiq qo‘yilmagan, biroq davlat muassasalari ko‘pincha ayollardan buning uchun vasiy erkaklar ruxsatini talab qilardi.

Kuzatuvchilar Saudiya Arabistonida ayollar huquqini ta’minlashdagi o‘zgarishlarni qayd etmoqda. Ular buni neft narxlari keskin pasaygani sababli budjet tanqisligi o‘sishi tufayli boshlangan islohotlar bilan bog‘lamoqda.

O‘tgan yil aprelida qabul qilingan “Saudiya Arabistoni 2030” iqtisodiy dasturi ishlovchilar orasida ayollar ulushini 22 foizdan 30 foizgacha ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. Hozirda 13,1 million saudiyalik ayoldan atigi 1,9 millioni ish bilan band. Mamlakatda rasman ish izlayotganlarning 80 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi.

Saudiya Arabistonida ayollarga e’tibor o‘zgarib borayotganini oxirgi bir necha tayinlovlar ham ko‘rsatdi. Fevralda mamlakatdagi yirik moliyaviy korporatsiyalardan biri — Samba Financial Group bosh direktorligiga Raniya Mahmud Nashar tayinlandi. Undan oldinroq esa Sora as-Suxaymiy Saudiya fond birjasini boshqargandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют