» » “Fiorentina”ning 31 yoshli sardori Davide Astori mehmonxonadan o‘lik holda topildi va A seriyaning bugungi o‘yinlari bekor qilindi

“Fiorentina”ning 31 yoshli sardori Davide Astori mehmonxonadan o‘lik holda topildi va A seriyaning bugungi o‘yinlari bekor qilindi


“Fiorentina” futbol klubining sardori Davide Astori vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot berdi.

31 yoshli himoyachi Udine mehmonxonasida olamdan o‘tgan. Ayni paytda buning sabablari o‘rganilmoqda. Aytilishicha, u uyquga yotgan va qaytib uyg‘onmagan.

Bugun — 4-mart kuni “Fiorentina” A seriyaning 27-turi doirasida “Udineze”ga qarshi saf tortishi kerak edi. Italiya futbol federatsiyasi mazkur bellashuvni qoldirdi. Keyinroq esa A seriyaning bugun bo‘lib o‘tishi kutilayotgan barcha o‘yinlari bekor qilindi.

“Fiorentina” rasmiy sayti Italiya nashrlaridan o‘lim tafsilotlarini yoritishda futbolchiga bo‘lgan hurmatni saqlashni hamda og‘ir judolikka uchragan uning oilasini ortiqcha bezovta qilmaslikni so‘ragan.

Davide Astori Italiya milliy terma jamoasi safida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishning uddasidan chiqqandi. Bunga qadar “Kalyari”, “Roma” kabi klublar sharafini himoya qilgan Astori, 2015-yil “Fiorentina” safiga kelib qo‘shilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют