» » “Yuventus” afsonasi Janluiji Buffon A seriya o‘yinlari soni bo‘yicha Franchesko Tottini quvib yetdi

“Yuventus” afsonasi Janluiji Buffon A seriya o‘yinlari soni bo‘yicha Franchesko Tottini quvib yetdi


Italiya A seriyasining so‘nggi turida “Yuventus” “Udineze” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa Turin klubi ketma-ket yetti tur davom etgan g‘alabali seriyasiga yakun yasadi.

Mazkur uchrashuvda “Yuventus” darvozasini odatdagi kabi Janluiji Buffon qo‘riqladi. Bu 39 yoshli posbonning A seriyadagi 612-bellashuvi bo‘lib tarixga kirdi hamda Buffon “Roma” afsonalaridan biri bo‘lgan Franchesko Totti bilan tenglashib oldi.

Har ikki futbolchi faoliyatini davom ettirayotgani inobatga olinsa, ular shu mavsumning o‘zidayoq “Inter” afsonasi Xavyer Zanettidan o‘zib ketishi mumkin. Himoyachi shu kunga qadar A seriya doirasida 615 ta bellashuv o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

A seriyaning bu boradagi rekordi “Milan” afsonasi Paolo Maldiniga tegishli. Himoyachi milanliklar sharafini 647 o‘yinda himoya qilgan. Bu statistika Twitter’dagi Gracenote Live akkauntida taqdim etilgan.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 44) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют