» » Namanganda maktab o‘quvchilarining “Yosh talantlar innovatsiyalari” festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Namanganda maktab o‘quvchilarining “Yosh talantlar innovatsiyalari” festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi


Namanganda maktab o‘quvchilarining “Yosh talantlar innovatsiyalari” festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat “Barkamol avlod” markazi va “Bolalar dunyosi” gazetasi tahririyati tashabbusi bilan tashkillangan tadbirda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan avto va aviaraketa modellari, elektron o‘yinchoqlar, kemasozlik, robototexnika namunalarini namoyish etdi. Veb-saytlar va dasturlar, xorijiy tillar bo‘yicha innovatsion ishlanmalar taqdim qilindi.

Tanlov yakuni bo‘yicha 20 nafarga yaqin o‘quvchi maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Jumladan, birinchi sohiblari velosiped, ikkinchi o‘rinni egallaganlar fotoapparat va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar konstruktor jamlanmasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Eng yosh festival-tanlov ishtirokchisi” va “Eng noan’anaviy innovatsiya muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi 13 ta “Barkamol avlod” markazida jami 300 dan oshiq to‘garak faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga 8 mingdan ortiq o‘quvchi jalb etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют