» » Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida notiqlik tanlovi o‘tkazildi

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida notiqlik tanlovi o‘tkazildi


2017-yil 13-mart kuni Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida butun O‘zbekiston bo‘yicha chet tili sifatida nemis tilini o‘rganadigan talabalar orasida o‘ninchi marotaba notiqlik tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jami 16 nafar ishtirokchi oliygoh o‘z talabalari o‘rtasida nemis tili bo‘yicha ichki tanlov o‘tkazib, Germaniya elchixonasida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqich uchun bittadan vakilni aniqlab berdi.

Har yili o‘tkaziladigan ushbu tanlovning maqsadi O‘zbekistonda nemis tili o‘rganilishini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Bunda yosh notiqlar oldindan tanlab olingan ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarlarini tinglovchilar qarshisida nemis tilida ifodalab berishi lozim.

Musobaqa doirasida yakuniy bosqichga chiqqan jami 16 nafar talabaning tilni bilish darajasi, notiqlik iqtidori, nutqning sifati va o‘ziga xosligi hamda mavzuning mazmunan ochib berilishiga baho berildi.

Notiqlik san’ati bo‘yicha joriy yildagi tanlov g‘olibligini Urganch Davlat universiteti talabasi Iroda Ismoilova qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Andijon Davlat universiteti talabasi Gulsanam Rasulova egalladi. Uchinchi o‘rin esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Mahkam Hamidov va O‘zDJTU talabasi Barno Ahmadjonovaga nasib etdi.

Joriy yilgi musobaqada ilk marotaba “Tinglovchilar tanlovi” yo‘nalishi kiritildi va o‘z nutqini ajoyib tarzda talqin etgan O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Regina Bazikeyeva sovrin bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari va barcha ishtirokchilar nemis tilidagi kitob va audio asarlardan iborat sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют