» » Rossiya va Xitoy Oy va olis koinotni tadqiq etish bo‘yicha kelishuvni imzoladi

Rossiya va Xitoy Oy va olis koinotni tadqiq etish bo‘yicha kelishuvni imzoladi


“Roskosmos” va Xitoy milliy koinot ma’muriyati Oy va olis koinotni tadqiq etish borasida hamkorlik qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tomonlar Tokioda bo‘lib o‘tayotgan koinotni o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro forumda tegishli kelishuvni imzoladi.

Hujjat 2022-yilda Rossiyaning “Luna-Resurs-1” qurilmasini uchirish va 2023-yilda Oyning janubiy qutbida Xitoy missiyasini qo‘ndirish loyihalarida hamkorlikni nazarda tutadi.

Shuningdek, tomonlar birgalikda Oy va olis koinot loyihalari bo‘yicha manbalar markazini tuzish to‘g‘risida kelishib oldi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda markaz faoliyatiga ikki davlat ilmiy va sanoat kompaniyalari jalb etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют