» » Polshada 4 qavatli uy gaz portlashi oqibatida qulab tushdi. 4 kishi halok bo‘ldi

Polshada 4 qavatli uy gaz portlashi oqibatida qulab tushdi. 4 kishi halok bo‘ldi


Polshaning Poznan shahrida gaz portlashi va shundan so‘ng 4 qavatli uy qulab tushishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Jarohatlanganlardan 3 nafarining holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda. Ular orasida bola ham bor.

Hodisa joyida qutqaruv ishlari olib borilib, tirik qolganlar qidirilmoqda.

Shahar rasmiylari mazkur uyda yashovchi yordam talab qilinmaydigan fuqarolarni yaqin atrofdagi mehmonxonaga joylashtirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют