» » AQSh Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini buzganlikda aybladi

AQSh Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasini buzganlikda aybladi


Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasi qoidalarini e’tiborsiz qoldirdi. Bu haqda Oq uy tarqatgan bayonotda aytiladi, deb yozadi “Vedomosti”. Hujjat mualliflari Sharqiy Gutadagi tinch aholi vakillarining o‘limi uchun javobgarlikni Moskvaning zimmasiga yuklamoqda.

“BMT Xavfsizlik kengashining butun Suriyada jangovar harakatlarni 30 kunga to‘xtatishni talab qiluvchi 2401-rezolyutsiyasi qabul qilinishini ortga surishga qaratilgan bir nechta urinishlardan keyin, Rossiya uning shartlarini e’tiborsiz qoldirib, aksilterrorchilik operatsiyalari degan soxta bahona ostida begunoh fuqarolarni o‘ldirishda davom etdi”, — deyiladi bayonotda.

Vashington Suriya prezidenti Bashar Asad rejimidan hamda uning Moskva va Tehrondagi ittifoqdoshlaridan Sharqiy Gutadagi jangovar harakatlarni to‘xtatib, 400 mingga yaqin aholi ehtiyojmand bo‘lgan gumanitar yordamni to‘siqsiz yetkazib berishga imkon berishni talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют