» » Bugun futbol. “Nasaf” Qarshida Qatarning “As-Sadd” klubini qabul qiladi. Mehmonlar O‘zbekistonga Xavisiz keldi

Bugun futbol. “Nasaf” Qarshida Qatarning “As-Sadd” klubini qabul qiladi. Mehmonlar O‘zbekistonga Xavisiz keldi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasida bugun — 5-mart kuni guruh bosqichining 3-tur bellashuvlari start oladi. Uning doirasida Qarshining “Nasaf” klubi Qatar Yulduzlar Ligasining yetakchilaridan biri bo‘lgan “As-Sadd” klubini qabul qiladi.

Bellashuv 18:30 da start oladi. Guruhdagi ikkinchi o‘yin 18:45 da boshlanadi. Unda Eronning “Persepolis” klubi Tehronda Amirliklarning “Al-Vasl” jamoasini qabul qiladi.

“Nasaf” Chempionlar Ligasining ilk turini Tehronda o‘tkazib, yirik mag‘lubiyat qabul qilib olgandi — 0:3. Keyin esa Qarshida “Al-Vasl” mag‘lub etildi — 1:0. Xavi kabi futbolchisi bor bo‘lgan “As-Sadd” esa xalqaro maydonda yo‘qotishlarsiz bormoqda. “Al-Vasl” maydonida 2:1 hisobida zafar quchgan qatarliklar, “Persepolis”ni Dohada 3:1 hisobi bilan taslim qilgandi.

Bu safar ispaniyalik Xavi jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. “Championat.asia” nashri Xavi “Al-Duhayl”ga qarshi o‘yinda jarohat olgani haqida yozib, uning davolanayotgani aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi.

“Nasaf” — “As-Sadd” uchrashuvi yaponiyalik referi Iida Jumpeiga ishonib topshirilgan. Bellashuv Sport-TV orqali jonli ko‘rsatiladi.

“As-Sadd” Qatar Yulduzlar Ligasida mavsum yakuniga 3 ta tur qolganida peshqadam “Al-Duhayl”dan 5 ochko kam jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda. 3-o‘rindagi “Ar-Rayyan” esa 7 ochkolik farq bilan ortda.

Chempionlar Ligasi

“C” guruhi. 3-tur

5-mart, dushanba

“Nasaf” — “As-Sadd” 18:30

“Persepolis” — “Al-Vasl” 18:45



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют