» » Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammitiga bormaydi

Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlat rahbarlari sammitiga bormaydi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari birinchi sammitida qatnashmaydi, deb yozadi KNews mahalliy OAVlarga tayanib.

Turkmaniston hukumati majlisida tashqi siyosiy masalalarni muhokama qilish chog‘ida Berdimuhamedov mart oyida qo‘shni Qozog‘iston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlari birinchi sammiti o‘tkazilishini aytdi.

Shu munosabat bilan Turkmaniston rahbari avvalroq erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, bo‘lg‘usi forumga mamlakat delegatsiyasi yuborilishini ma’lum qildi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ostonada Navro‘z bayrami nishonlanadigan kunlarda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi sammiti o‘tkazilishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют