» » Germaniya Afg‘onistonga ko‘proq harbiy jo‘natishga qaror qildi

Germaniya Afg‘onistonga ko‘proq harbiy jo‘natishga qaror qildi


Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen NATOning Afg‘onistondagi “Qat’iy qo‘llab-quvvatlov” operatsiyasida ishtirok etayotgan harbiylarning sonini sezilarli darajada oshirishga qaror qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Hozirgi kunda mahalliy qurolli kuchlarni o‘qitish va ularga konsultatsiya berish bo‘yicha alyansining missiyasi tarkibiga 963 nafar germaniyalik harbiylar jalb etilgan. Germaniya kelgusida ushbu ko‘rsatkichni 1,3 ming kishigacha yetkazishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Germaniya mudofaa vaziri ushbu chora-tadbirni “Tolibon” va IShIDning Afg‘onistondagi ta’sir doirasi kengaygani tufayli amalga oshirmoqda.

Germaniyadan tashqari NATOning Afg‘onistondagi  missiyasi sonini ko‘paytirishga AQSh va boshqa mamlakatlar ham rozilik bildirgan. Bu haqda 2017-yilning noyabr oyida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qilgan edi. Taxmin qilinishicha, missiya tarkibi 13 ming kishidan 16 ming kishigacha ko‘payadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют