» » Isroillik milliarder mamlakat bosh vaziriga pora berganlikda ayblanmoqda

Isroillik milliarder mamlakat bosh vaziriga pora berganlikda ayblanmoqda


Fevral o‘rtasida Isroil politsiyasi Gollivud prodyuseri va isroillik milliarder Arnon Milchenni, shuningdek, avstraliyalik milliarder Jeyms Pekerni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga siyosiy xizmatlar evaziga Shampan vinosidan tortib, mashhurlar bilan uchrashuvlargacha bo‘lgan hashamatli sovg‘alar ko‘rinishida pora berganlikda aybladi, deb yozadi Forbes.

O‘z huquqshunosi orqali e’lon qilgan bayonotida Milchen Netanyaxuga sovg‘alar berganini tan oldi, ammo bu do‘stlar orasida bo‘ladigan oddiy amaliyot ekanligini ta’kidladi.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil politsiyasi sovg‘alarni 200 ming dollardan ziyodga baholagan va Netanyaxuga qarshi poraxo‘rlik ayblovini ilgari surishni tavsiya qilgan. E’lon qilinganidan keyin ko‘p o‘tmay, bosh vazir Netanyaxu televideniye orqali chiqish qilib, ushbu da’volarni asossiz deb atadi. Ayni paytda Isroil bosh prokurori ayblovni ilgari surish-surmaslik borasida qaror qabul qilishi kerak.

Isroil politsiyasi qayd etishicha, Milchen sovg‘alar evaziga olgan siyosiy xizmat 2008-yilda isroillik jurnalist va siyosatchilar orasida “Milchen qonuni” deb nom olgan soliq imtiyozlari haqidagi qonunning qabul qilinishi bo‘lgan. Qonun yangi muhojirlar va chet elda kamida o‘n yil yashab qaytib kelayotgan rezidentlarni chet elda ishlab topilgan daromad bo‘yicha soliq to‘lashdan o‘n yilga ozod etishni nazarda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют