WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Putin Netanyaxuga 1526-yilda nashr etilgan kitobni sovg‘a qildi
Putin Netanyaxuga 1526-yilda nashr etilgan kitobni sovg‘a qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Iosif Flaviyning 1526-yilda nashr etilgan “Yahudiy urushi” kitobini sovg‘a qildi, deb yozadi “TASS” hukumat rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
Bosh vazir kitobni Isroil Milliy kutubxonasiga topshirishni buyurdi. Kitob Italiyada toskan tilida chop etilgan.
Netanyaxu hadyani yahudiy xalqi tarixiy merosining muhim bo‘lagi deb atadi va uni qadrlashini ta’kidladi.
Nashr eslatishicha, 9-mart kuni Netanyaxu Moskvaga qisqa safar bilan keldi va uning doirasida Putin bilan uchrashdi. Siyosatchilar Suriyadagi vaziyat va terrorizmga qarshi kurashga aloqador qator masalalarni muhokama qildi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?
КТО НА САЙТЕ?
(
4)
(
0)
(
4)
(
0)





- отсутствуют

- отсутствуют
