» » Putin AQShdagi saylovlarga aralashishda ayblangan rossiyaliklar Qo‘shma Shtatlarga topshirilmasligini bildirdi

Putin AQShdagi saylovlarga aralashishda ayblangan rossiyaliklar Qo‘shma Shtatlarga topshirilmasligini bildirdi


Rossiya AQShda 2016-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga aralashishda ayblangan fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga topshirmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Hech qachon. Rossiya umuman fuqarolarini hech qayerga topshirmaydi. Xuddi AQSh kabi. Ayblanganlar rasmiy vakillar emas. Ular aynan nima qilganidan mutlaq bexabarman. Amerikalik hamkasblarimiz OAV bilan gaplashish o‘rniga bizga tegishli materiallarni jo‘natsa, ko‘rib chiqishimiz va bu haqda muloqot qilishimiz mumkin”, — dedi Putin.

Ma’lumot uchun, AQSh maxsus prokurori Robert Myuller ofisi fevral oyida mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvga oid ayblov xulosasini e’lon qildi. Unda restorator Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi 13 nafar rossiyalik eslatib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют