» » Dunyoning eng yirik to‘rt ilmiy nashriyot uylaridan biri Elsevier vakili O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi

Dunyoning eng yirik to‘rt ilmiy nashriyot uylaridan biri Elsevier vakili O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi


Bugun, 5-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida dunyoning eng yirik to‘rt ilmiy nashriyot uylaridan biri Elsevier’ning Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Aliya Ospanova universitet pedagog xodimlari, doktorant, magistrant va talabalari uchun seminar-trening o‘tkazdi. Bu haqda universitet axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Seminarda dunyoning mashhur ilmiy ma’lumotlar bazasi hisoblangan Scopus tizimi va undan foydalanishning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Impakt-faktori yuqori bo‘lgan xorijiy jurnallarda ilmiy maqola e’lon qilishning talablari va bu nashrlarning afzalliklari to‘g‘risida tushuncha berildi.

Oliy ta’lim muassasasining xalqaro maqomga ega bo‘lishi va xalqaro reytinglarga kirishida Scopus bazasida e’lon qilinadigan ilmiy nashrlardagi maqolalarning soni va salmog‘i katta ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Yaqin fursatlarda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUga ScienceDirect bazasidagi ma’lumotlardan ham bepul foydalanish imkoniyati taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Seminar so‘ngida universitet va Elsevier nashriyot uyi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют