» » Britaniyaning Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalari ta’sis etiladi

Britaniyaning Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalari ta’sis etiladi


O‘zbekistonning bir guruh islomshunos, sharqshunos olimlari Buyuk Britaniyaga safari chog‘ida Kembrij universitetiga tashrif buyurib, ushbu nufuzli ta’lim dargohining professor va mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

Kembrij universitetining Markaziy Osiyo forumi direktori professor Sidxart Saksena bilan O‘zbekistonda yaqinda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tatqiq etish markazi hamda Toshkent islom universitetining islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Olimning ta’kidlashicha, Kembrij professor-o‘qituvchilari Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston Islom akademiyasining talaba va tadqiqotchilari uchun maxsus ma’ruzalar o‘qiydi, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro forumlarda ishtirok etadi.

“Jahon reytinglarida Oksford universitetidan keyin ikkinchi o‘rinni muntazam egallab kelayotgan Kembrijning nufuzli nashrlarida o‘zbekistonlik mutaxassislar ilmiy maqolalari chop etiladi. Ikki tomon olimlari qo‘shma ilmiy guruhi tashkil etiladi. Hamkorlikda dolzarb mavzularda tadqiqotlar amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Tomonlar, shuningdek, Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalarini ta’sis etish to‘g‘risida ham kelishib oldi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12-fevralidan e’tiboran Kembrij universitetida o‘zbek tili darslari tashkil etildi. Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondan kelgan mutaxassislar ushbu kurslarda dars bera boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют