WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » AQShda Marsga yuborishdan avval InSight modulini sinovdan o‘tkazish boshlanadi
AQShda Marsga yuborishdan avval InSight modulini sinovdan o‘tkazish boshlanadi
AQSh Harbiy-havo kuchlarining Vandenbergdagi bazasida joriy yilda Marsga yuborilishidan avval InSight qo‘nish modulini sinovdan o‘tkazish boshlanadi, deb yozadi “TASS”.
NASA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mutaxassislar joriy haftada mazkur sinovlarni o‘tkazishga kirishadi. Apparat 28-fevral kuni Denverdan (Kolorado shtati) S-17 harbiy-transport samolyoti bortida Vandenbergdagi bazaga yetkazilgan.
Modul uni tayyorlagan korporatsiya Lockheed Martin korxonasidan yetkazilgan. Modul funksiyalariga oid sinov yakunlangandan so‘ng apparatning dasturiy ta’minoti yangilanadi. Apparat qo‘nishni 2018-yilning 26-noyabrida amalga oshirilishi belgilangan. Shundan so‘ng u Marsda 728 kun ishlaydi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?