» » Toshkent IIBB Facebook foydalanuvchilari bilan ishlashni boshladi

Toshkent IIBB Facebook foydalanuvchilari bilan ishlashni boshladi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi xabarlarni monitoring qilish va javob qaytarish amaliyotini boshladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bunday ishlar IIBBning Facebook’da yaqinda ochilgan rasmiy sahifasida, shuningdek, turli guruhlarda olib borilmoqda, u yerda muassasa izohlar, javoblar va tushuntirishlar bermoqda.

“Biz yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilishni boshladik va o‘z faoliyatimizga taalluqli postlarga javob qilmoqdamiz”, — deyishdi IIBBdagilar.

5-martdan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi sayti sinov rejimida ishga tushirildi. U yerdagi “Mobil muxbir” bo‘limiga Yo‘l harakati qoidalari buzilishi aks etgan foto va videomateriallarni yuborish mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют