» » Toshkentliklar Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqida onlayn tarzda xabar berishi mumkin bo‘ladi

Toshkentliklar Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqida onlayn tarzda xabar berishi mumkin bo‘ladi


5-mart kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi saytini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. U yerdagi “Mobil muxbir” bo‘limiga Yo‘l harakati qoidalari buzilishi aks etgan foto va videomateriallarni yuborish mumkin bo‘ladi.

1-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma’lum qilishicha, birinchi oy davomida bo‘lim sinov rejimida ishlaydi.

YHXB xodimlari multimediali materiallarga munosabat bildirib, ularni rasmiy dalillar sifatida qabul qiladi.

Doniyor Toshxo‘jayev ta’kidlashicha, buning uchun qonunchilikka audio va videoyozuvlar qoidabuzarliklar dalillari deb hisoblanilishini ta’minlaydigan o‘zgartirishlar kiritish kerak emas. Materiallarda qoidabuzarlar avtomobillarining raqamlari ko‘rinib turishi maqsadga muvofiq, deya qo‘shib qo‘ydi u.

O‘zlari istasa, foto va videomateriallar mualliflarining ism-shariflari e’lon qilinmaydi.

Sayt foydalanuvchilari YHXB boshlig‘i polkovnik Barat Mamenovga onlayn rejimida murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, YHXBning o‘z Telegram-kanali va Facebook sahifasi ochiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют