» » Saudiya Arabistoni Misrda megashahar quradi

Saudiya Arabistoni Misrda megashahar quradi


Saudiya Arabistoni Misr hududida megashahar quradi, deb yozadi CNBC Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saudning bayonotiga tayanib. U loyiha haqida Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan uchrashuvdan keyin ma’lum qilgan.

Shahar Sinay yarim orolining janubida joylashadi. Loyiha uchun hajmi 10 milliard dollarga teng taraqqiyot fondi yaratiladi. Megashahar qurilishi bo‘yicha bitim haqida Misrdagi prezident saylovlaridan uch hafta avval e’lon qilindi, unda as-Sisiy ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan.

2017-yilning oktabrida Muhammad bin Salmon Al Saud Saudiya Arabistonida Qizil dengiz sohilida NEOM innovatsion shahrini qurish rejalari haqida e’lon qilgan edi. U qirollik shimoli-g‘arbida quriladi — Sinay yarim orolining Misrga tegishli hududidan uni Qizil dengiz ko‘rfazi ajratib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют