» » Soliq qo‘mitasi o‘tgan haftada 980 kishiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘lladi

Soliq qo‘mitasi o‘tgan haftada 980 kishiga nisbatan ma’muriy jarima qo‘lladi


O‘tgan hafta davomida soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Ishonch telefonlari” orqali 116 ta, shundan 10 ta yuridik va 106 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan, deb xabar beradi davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati.

Fuqarolar va jamoatchilikning murojaatlari yuzasidan soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1207 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

“O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 227 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 980 nafar shaxsga nisbatan 299,7 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 7 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 1,2 million so‘m, shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schyot) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 4 nafar shaxsga nisbatan 0,7 million so‘m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;

v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют