WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Dushanbe va Samarqand shaharlariga Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiyning haykallari o‘rnatiladi
Dushanbe va Samarqand shaharlariga Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiyning haykallari o‘rnatiladi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida joylashgan “Yoshlikning 50 yilligi” bog‘i endilikda “Nizomiddin Alisher Navoiy” nomidagi bog‘ deb yuritiladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 5-mart kuni tegishli farmonni imzoladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Farmonga ko‘ra bog‘ga “O‘zbekiston va Tojikiston xalqining do‘stligi ramzi” sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning haykallari o‘rnatiladi.
22-fevral kuni “Samarkandskiy vestnik” gazetasi Amir Temur va Abdurahmon Jomiy ko‘chalarining chorrahasiga ham Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning haykalini o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?