» » Italiyaning “Fiorentina” klubi vafot etgan futbolchisi Davide Astori bilan bir umrlik shartnoma tuzdi

Italiyaning “Fiorentina” klubi vafot etgan futbolchisi Davide Astori bilan bir umrlik shartnoma tuzdi


Dam olish kuni kutilmaganda vafot etgan “Fiorentina” sardori Davide Astori bilan bir umrlik shartnoma imzolandi.

4-mart kuni florensiyaliklar “Udineze”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kerak edi. Shu o‘yin uchun safarga chiqqan klub “Udine” otelidan qo‘nim topdi. Davide Astori esa tunda uxlagani bo‘yicha, qaytib uyg‘onmadi. Unga yurakning to‘xtab qolishi tashhisi qo‘yildi.

Astori “Udineze”ga qarshi o‘yindan keyin “Fiorentina” bilan shartnomasini uzaytirishi kerak edi. Bu borada ikki tomon o‘zaro kelishib ham olgandi. Biroq futbolchiga bu kunni ko‘rish nasib qilmadi. Shunday bo‘lsa-da, “Fiorentina” marhum sardori bilan bir umrlik bitim imzolashga qaror qildi. Unga ko‘ra, Astorining ayoli hamda qizi endilikda uning maoshini olib turadigan bo‘ldi.

Shuningdek, Davide to‘p surgan “Kalyari” hamda “Fiorentina” klublari 13-raqamli futbolkalarni uning nomiga abadiylashtirdi. Ya’ni, bu raqamlar endi boshqa futbolchilarga berilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют