» » Xayriya aksiyasi. Qoraqalpog‘istonlik Dostonbek saxovatpesha insonlardan yordam kutmoqda

Xayriya aksiyasi. Qoraqalpog‘istonlik Dostonbek saxovatpesha insonlardan yordam kutmoqda


Dostonbek Maxsatov 2000-yil 5-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. U o‘tkir limfoblast leykoz, 1-faol davrini boshdan kechirmoqda. Hozirda Dostonbek gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutining kunduzgi bo‘limida davolanmoqda.

“O‘g‘lim Dostonbekning ahvoli kundan kunga yomonlashib borardi. Qoraqalpog‘istondagi shifokorlar Toshkentdagi gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasiga olib borishimizni aytdi. Qo‘limizdagi ikki million so‘m bilan Toshkentga keldik. Shifoxonada shifokorlar dorilar qimmatligi sababli ikki million so‘m yetmasligini aytishdi. Shundan so‘ng uyimizni arzon narxga sotishga majbur bo‘ldik. Rossiyaga tahlil jo‘natganimizda 94 foiz oqqon javobi keldi. Kelganida ogir ahvolda edi. Ikki marta qon quyishgan, kuchli antibotiklar olgan. Hozirda uchinchi kursdamiz. O‘glimni yaqinda kunduzgi bo‘limga o‘tkazishdi. Uyimizni sotganimizdan keyin farzandlarim har yerda sarson-sargardon. Dostonbekdan keyingi o‘g‘lim ijarada turadi. Qolgan ikki farzandim qarindoshlarnikida. Men bolam yonidaman. Endi uchinchi kurs tugasa, to‘rtinchi kurs boshlanadi. Har kursda o‘ttiz millionga yaqin mablag‘ ketyapti. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlov muolajalarini may oyidan boshlashimiz kerak ekan. Qo‘llab-quvvatlovi ikki yil davom etarkan. Davolanish hamda dori-darmonga moddiy tomondan imkoniyatimiz yetmay ancha qiynalib qoldik. Qolgan kurslarga imkoni borlar, saxovatpesha insonlar yordam berishlarini iltimos qilaman”, — deydi Dostonbekning onasi.

Dostonbekning onasi ayni vaqtda gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga yaqin joyda ijarada yashamoqda. Har oy ijaraga va Dostonbekning davolanishi uchun mablag‘ yetishmay qolyapti. Shu bois Dostonbekning oilasi ayni vaqtda moddiy ko‘makka muhtoj. Barcha saxovatpesha insonlardan Dostonbekni sog‘ayib ketishi uchun imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme) Zamira Erekeshova  

Agrobank: 8600-0417-9802-2944

Xalq banki: 8600-0609-1847-6012.

Onasi Zamira Erekeshovaning telefon raqami: +99890 7245781

+99894 614 13 80



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют