» » 1 yoshdan oshgan Abdulaziz og‘ir kasallik bilan kurashmoqda (foto)

1 yoshdan oshgan Abdulaziz og‘ir kasallik bilan kurashmoqda (foto)


“Daryo” tahririyatiga 1 yoshdan oshgan Abdulazizning onasi yordam so‘rab murojaat qildi. Ayni kunda uning farzandi oq qon tashxisi bilan shifoxonada davolanmoqda.

Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotnomasiga ko‘ra, Abdulaziz institutning 1-bolalar bo‘limiga 2017-yilning 27-iyul kuni joylashtirilgan.

Uning tashxisi: chuqur limfoblast leykoz, 1-faol davri. Onasining so‘zlariga ko‘ra joriy yilning 26-iyun kuni tahlil topshirilganida, qonda oq qon donachalari ko‘p ekani haqida malum bo‘lgan.

“Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. To‘rt marta qon quyishdi, 6 marotaba tromba qo‘yildi, 2 marta plazma quyildi, 5 bora kimyo terapiyasini oldi. Eng kuchli antibiotik – anbizol oldi. Hozirda ahvolida o‘zgarish bor. Ikkinchi kurs tugadi. Uchinchi kurs kuchli kimyo terapiya muolajalarini olyapti. Ko‘p bora qon quyishdi. Ahvolida ijobiy o‘zgarishlar bor.Yana ikkita kursimiz bor. 87 foizlik oq qon tashxisi qo‘yilgan. Moskvaga tahlil jo‘natganimizda, u yerdan ham oq qon javobi kelgan. Hozir yana ikkita kurs olamiz, bitta kursda 6 ta kimyo terapiyasi oladi. Keyin har 15 kunda kimyoviy muolajalar olib yurarkan. Dorilari juda qimmat. Kimyo terapiya kurslari muolajalari uchun va Germaniya, Hindiston yoki Rossiyada operatsiya o‘tkazish uchun juda katta mablag' talab etilarkan. Yaxshi insonlardan moddiy yordam so‘rayapman”, — deydi Abdulazizning onasi.

Barcha sahovatpesha insonlardan Abdulazizga yordam berishlarini so‘rab qolamiz!

Onasining telefon raqami: +99897422 2119

Hisob raqami: Agrobank 8600 0417 4651 3598 Tashmuxamedova Nargiza.

Rossiyada va butun dunyodagilar uchun elektron hisob raqami: 4890-4944-11565765.

Murojaat uchun Dostonbek: +7967 6329890

Janubiy Koreyadagi sahovatpesha insonlar uchun hisob raqami: 3561172-707223

Bakiev  Shokhrukh

Telefon raqami:+821059436174



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют