» » Sirdaryo viloyatida 100 yoshdan oshgan onaxonlarga bayram sovg‘alari topshirildi

Sirdaryo viloyatida 100 yoshdan oshgan onaxonlarga bayram sovg‘alari topshirildi


Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi tomonidan 100 yoshdan oshgan onaxonlar holidan xabar olinib, sovg‘alar topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va rolini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ayni paytda viloyatda 22 nafar 100 yoshdan oshgan onaxon istiqomat qilmoqda. Ularning salomatligi doimiy ravishda shifokorlar nazoratida. O‘zbekistonda turli bayramlar arafasida yoshi ulug‘ insonlar holidan xabar olish, bayram bilan qutlash yaxshi an’anaga aylangan.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev 100 yoshdan oshgan onaxonlarni tabriklab, bayram sovg‘alari topshirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют