» » Samoydin Husenov “Nuroniy”ning Buxoro shahar bo‘linmasi rahbari etib tayinlandi

Samoydin Husenov “Nuroniy”ning Buxoro shahar bo‘linmasi rahbari etib tayinlandi


3-mart kuni “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati kengashining rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Xabar berishlaricha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu vaqtgacha “Nuroniy”ning viloyat kengashiga raislik qilib kelgan Samoydin Husenov tashkilotning Buxoro shahar bo‘linmasi raisi etib tayinlangan.

Shu munosabat bilan, Farmon Aminov “Nuroniy”ning Buxoro viloyati kengashi raisi etib tayinlangan. Hokimlik axborotida Aminov bungacha qayerda ishlaganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Samoydin Husenov 1996—2011-yillarda Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat olib borgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют