» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari birinchi marta xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadi


Harbiy ta’lim sohasidagi xalqaro harbiy hamkorlik doirasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari ilk bor kursantlar o‘rtasidagi xalqaro olimpiadaning final bosqichida ishtirok etadi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi vazirlik oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan edi, bosqich g‘oliblari esa harbiy bilim yurtlari jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi bosqichda ishtirok etgandi.

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadaning ikkala bosqichida ham g‘olib chiqqanlar uchinchi — final bosqichiga yo‘l oldi.

2017-yilda bellashuvlarda Rossiya Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari, ilmiy rotalar, harbiy ta’lim markazlari va harbiy kafedralar, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar — Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston harbiy bilim yurtlaridan jami 44 jamoa tarkibida 176 kursant ishtirok etgan edi. O‘tgan yili xalqaro olimpiadada kuzatuvchi sifatida qatnashgan O‘zbekiston vakillari joriy yilda uning to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini 26 nafar kursant himoya qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют