» » Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilindi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilindi


“Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Filial Toshkent tibbiyot akademiyasining tarkibiy bo‘linmasi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Zamonaviy talablarga javob beradigan va tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalarni egallagan tibbiyot kadrlari tayyorlash filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra:

- 2017/2018-o‘quv yili uchun bakalavriat dasturi bo‘yicha Filialga kontrakt asosida 300 kishi qabul qilinadi;

- filialni tamomlagan talabalarning Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari tanqis bo‘lgan tibbiyot muassasalarida o‘n yil ishlab berishi majburiydir;

- 2017/2018-o‘quv yilida filialga abituriyentlar qabul qilishni Surxondaryo viloyatida doimiy yashaydigan (o‘qishga kirishda doimiy propiskaga ega bo‘lgan), 2017-yilda “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha respublikaning oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirgan, tanlovdan o‘tmagan va to‘plangan ballarning izchilligi qat’iy hisobga olingan holda kirish test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘planishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballarning kamida 30 foizini (68 ball) to‘plagan shaxslardan tashkil etiladi;

- Surxondaryo viloyatida doimiy yashaydigan, hozirgi paytda respublikaning oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklida ta’lim olayotgan 4–5-bosqichlar talabalari o‘z xohishlariga ko‘ra filialga davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadilar. Bunda mazkur shaxslar Surxondaryo viloyatining tibbiyot kadrlariga taqchillik mavjud bo‘lgan tibbiyot muassasalarida majburiy tartibda o‘n yil ishlab berishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilingan edi. Bundan tashqari, Termiz davlat universitetining Denov filiali tashkil etilishi haqida xabar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют