» » Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi


“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Filial universitetning yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra ta’lim, muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialning 2017/2018-o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy ta’lim muassasalariga to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizdan (68 balldan) kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют