» » Pedagogika yo‘nalishida o‘qishga kira olmagan 750 abituriyent Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasiga aylanadi

Pedagogika yo‘nalishida o‘qishga kira olmagan 750 abituriyent Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasiga aylanadi


O‘zbekiston Prezidentining 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi 2017/2018-o‘quv yili uchun Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan, ushbu viloyat tumanlaridagi ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantiradi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Chirchiq davlat pedagogika institutiga 2017/2018-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishga amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Tasdiqlangan kvotaga ko‘ra mazkur oliy o‘quv yurtiga joriy yilda jami 20 ta yo‘nalishda 750 talaba qabul qilinishi belgilangan.

Davlat komissiyasi Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar orasidan viloyat tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda belgilangan kvota (750 nafar) doirasida ballar ketma-ketligida saralanadi va institut qabul komissiyasiga taqdim etadi.

Chirchiq davlat pedagogika instituti qabul komissiyasi davlat komissiyasi tomonidan saralab olingan abituriyentlarga xabar beradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют