» » Kreml Putin nomzodlik dissertatsiyasini o‘zi yozmagani haqidagi da’volarni rad etdi

Kreml Putin nomzodlik dissertatsiyasini o‘zi yozmagani haqidagi da’volarni rad etdi


Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin go‘yo nomzodlik dissertatsiyasini o‘zi yozmagani haqidagi da’volarni rad etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Bu bo‘lmagan gap, izohlaydigan narsaning o‘zi yo‘q. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu haqdagi da’vo tasdiqlovchi ko‘rinishda emas”, — dedi Putining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov Putin 1997-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan ilmiy kengash raisi, Sankt-Peterburgdagi Tog‘ instituti rektori Vladimir Litvinenkoning qizi ilgari surgan da’volarga shu tariqa javob berdi.

Olga Litvinenko OAVga bergan intervyusida Putin 1994-yili otasiga institut rektori bo‘lishga yordam berganini bildirgan. Uning aytishicha, shundan so‘ng Vladimir Litvinenko Putinning o‘rniga o‘zi iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiyani yozib beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют