» » Poytaxt ko‘chalari qorong‘uligi uchun tanqid qilingan “Toshshaharnur” jurnalistlarni sudga berishi bilan tahdid qildi

Poytaxt ko‘chalari qorong‘uligi uchun tanqid qilingan “Toshshaharnur” jurnalistlarni sudga berishi bilan tahdid qildi


Toshkentda YTHlari ko‘payib ketganiga ko‘chalarning tunda yaxshi yoritilmagani sababligi haqidagi maqola jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Aksariyat foydalanuvchilar maqolada ko‘tarilgan muammoni oqlab o‘z mahallalaridagi vaziyatlarni ham aytib o‘tdi. Shuningdek, bu muammoga “Toshshaharnur” DUK ham o‘z munosabatini bildirdi. Tanqid ostiga olingan davlat unitar korxonasi maqoladagi jurnalist fikri va dalillarini asossiz, deb bilib unga raddiya e’lon qilishni so‘radi va aks holda sudga berishini ma’lum qildi.

Bir necha yillik muammo, suratga olib o‘rgana boshlagan muddatdan hisoblasak 1-2 oydan buyon Toshkent shahar ko‘chalari (mashinalar qatnovi ko‘proq bo‘lgan) yaxshi yoritilmasligi, simyog‘ochlar asosan katta yo‘lning faqat bir tarafida yoki ikki-uch simyog‘och oralab bittasi yoritilishini kuzatildi. Bu vaziyat haydovchilarga qanchalik salbiy ta’sir etishi o‘rganildi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan qorong‘uda sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalari foiz ko‘rsatkichi bilan tanishib yakuniy xulosa bilan “Toshshaharnur” o‘z ishiga ma’suliyatsizligi oqibatida tunda jinoyat va YTHlar ro‘y berishi nisbatan ko‘proq kuzatilayotgani tanqid qilindi.

Shundan so‘ng tahririyatga xat kelibdi. Xatning antiqaligi shunda ediki, birinchi varaqda Toshkentning ayrim maqolada keltirilgan hududlari qorong‘uligi bo‘hton ekanligi va bu tuhmat uchun tashkilot sudga berishini iddao qilgan.

Bu ikki varaq xatdan ham quvontirgan ish ko‘chalardagi o‘zgarish bo‘ldi. So‘nggi kunlarda Toshkentning aynan maqolada qayd etgan hududlaridagi barcha simyog‘ochlar yoritila boshladi. Uzoq davom etayogan sozlash ishlari maqoladan keyin tezlashib nihoyasiga yetdi chog‘i.

“Toshshaharnur” maqola orqali ularni obro‘sizlantirilganini pesh qiladi. Ammo u kimningdir otasidan qolgan xususiy korxona emaski, maqoladan so‘ng “obro‘sizlanib, zararga kirdik” deb iddao qilsa. “Toshshaharnur” xalqqa xizmat qiluvchi vazirlik tasarrufidagi tashkilot shunday ekan xalqdan fikr olib yozilgan maqolani asossiz va tuhmat deyishga haqli emas. Qolaversa, demokratik jamiyatda fikr uchun sud qilmaydilar.

Ichki ishlar vazirligi xodimining ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent ko‘chalarning to‘liq yoritilishi natijasida YTH va tunggi jinoyatlar 10-15 foizga kamayishi mumkin. Shu ko‘rsatkichni hisobga olgan holda yorug‘ ko‘chalardan umid qilib tashkilot tanqid qilindi. Maqsad kimnidir kursisidan mahrum qilish emas, balki o‘z ishiga yanayam ma’suliyatli bo‘lishini so‘rash edi.

Jurnalistlar oxirgi yillarda faqat xonandalarni tanqid qilib kelgani uchunmi, yuqori tashkilotlarning tanqidni hazm qilishlari oson bo‘lmadi. “Toshshaharnur” korrupsiyada ayblangani yo‘q yoki “chiroqlarni o‘chirib tejash evaziga pulni cho‘ntakka urayapti”, degan fikrga sha’ma qilinmadi va bunga asos ham yo‘q. Tungi qorong‘u shaharning aholiga noqulayligi-yu, jinoyatchilarga qulayligini aytildi, xolos. YTHlar bo‘yicha ma’lumotlar osmondan olinmaganligini isbotlash uchun quyidagi faktlarni keltiramiz:

2018-yil 2-fevral kuni Toshkent shahar bo‘yicha 5 ta YTH sodir bo‘lgan bo‘lib, ulardan 5 tasi qorong‘u tushgan vaqtga va yaxshi, to‘liq yoritilmaydigan tumanlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur YTHlar oqibatida 5 kishi jabrlangan.

5-fevral kuni Toshkent shahri bo‘yicha 5 ta YTH sodir bo‘lgan va ularning 3 tasi qorong‘u vaqtga va voqea sodir bo‘lgan joyi maqolada keltirilgan tumanlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur avariya oqibatida 5 kishi jarohatlangan.

7-fevral kuni Toshkent shahri bo‘yicha 7 ta YTH sodir bo‘lgan va ulardan 5 tasi qorong‘uda, aynan yaxshi yoritilmagan Sergeli, Yunusobod tumanlari ko‘chalarida sodir bo‘lgani qayd etilgan. Bu avariyalar oqibatida 2 kishi vafot etib, 5 kishi jabrlangan.

Bu kabi dalillarni yana xohlagancha taqdim etish mumkin. Maqolada to‘plagan dalil va faktlarning bir kichik bo‘lagi keltirilgandi.

Qorong‘uda ko‘chani kesib o‘tish oqibatida yo‘l transport hodisasiga uchrab nogiron bo‘lib qolgan fuqarolar ayblovini, fuqarolarning ko‘chalar qorong‘u bo‘lgani sabab farzandining kech o‘qishdan qaytishidan xavotir olishini, xilvat joyda farzandlarining mushtlashgani, qorong‘uda o‘g‘irlik sodir bo‘lgandan jabrlanganlar fikrlarini, ayrim mahallalarda hali hamon simyog‘ochlarning avariya holatida ekani kabi o‘nlab dalil va faktlarni ham keltirish mumkin edi.

Muhimi “Toshshaharnur” yoddan chiqqan ko‘chalarni yoritishni boshladi. Tanqid nishonga tegdi. Shunday bo‘lsa-da mazkur masala omma muhokamasiga qo‘yilishini istaymiz. Zero, kim xaq, kim nohaq ekani haqida jamoatchilikning o‘zi xulosa chiqarsin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют