» » Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi


“Suvsoz” davlat unitar korxonasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida ko‘prik qurilishi sababli, ichimlik suvi tarmog‘ini qayta qurish va ulash ishlarini olib borish munosabati bilan bugun, 22-avgust kuni soat 00:00 dan ertaga, 23-avgust kuni soat 05:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilishi yoki suv bosimi pasayishi kuzatilishi haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Uzbekistan 24.

Ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladigan va suv bosimi pasayadigan manzillar ro‘yxati:

Mirobod tumani bo‘yicha:

—Salar mahallasi: 1-tor Nukus ko‘chasida;

—Tong Yulduzi mahallasi: Mehrjon, Qo‘shko‘prik ko‘chalarida va Inoqobod ko‘chasi tor ko‘chalari bilan;

—Ruhiy kasalliklar shifoxonasi;

—4-sonli tug‘ruqxona;

—Harbiy prokratura;

—Qon quyish laboratoriyasi;

—Bolalar ruhiy kasalliklari sanatoriyasi;

—Teri kasalliklari shifoxonasi.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

—Cho‘lpon mahallasi: 9 qavatli uylar 2 dona, 4 qavatli uylar 11 dona;

—Jo‘rabek mahallasi: Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 23;

—Ma’rifat mahallasi: Boku ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Qashqadaryo ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Osh, Sulton Sanjar, Mirg‘ob, Ma’ruf, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari;

—Shironobod mahallasi: Osh ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Ma’ruf ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Suv bo‘yi, Axsikat ko‘chalari;

“Suvsoz” davlat uniter korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar (vodovozlar) yuboriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют