» » Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv rejali asosda o‘chiriladi

Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv rejali asosda o‘chiriladi


28-martdan 12-maygacha Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sovuq suv o‘chirilishi hamda suv quvurlari tarmoqlarida bosimning pasaytirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Suvsoz” DUK ma’lum qildi.

28-mart soat 09.00 dan 29-mart soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Olmazor tumani: “Mirzo G‘olib”, “Beruniy”, “Xislat” mahallalari.
Suv bosimi pasayadi: Olmazor tumani: “Chig‘atoy”, “Oqtepa”, “Olimpiya” mahallalari.

29-mart soat 09.00 dan 30-mart soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Uchtepa tumani: “Katta Qani”, “Foziltepa”, mahallalari, Izza dahasi, Izza 14-19-tor ko‘chalari.

30-mart soat 09.00 dan 31-mart soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yunusobod tumani: Bodomzor, Firdavsiy, Yangitarnov, Shivli, Bog‘ishamol, Polsha elchixonasi ko‘chalari.

Yakkasaroy tumani: Rakat dahasi, “To‘qimachi” mahallasi, Jambul ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Bog‘ibo‘ston ko‘chasining Jambul ko‘chasidan At-Termiziy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Xazina ko‘chasi, Ehtiromning 3-tor ko‘chasi, Shoxjahon ko‘chasining At-Termiziy ko‘chasidan To‘qimachilik institutigacha bo‘lgan qismi, Muqimiy ko‘chasidagi 1,3,5,7 raqamli turar joy binolari.

Suv bosimi pasayadi: Yunusobod tumani — M-4 massivi.

Yakkasaroy tumani — Shota Rustaveli ko‘chasi Cho‘ponota ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha.

4-aprel soat 09.00 dan 5-aprel soat 21.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Chilonzor tumani: 1, 2-dahalar, “Qazirobod”, “Yu.Agzamov” mahallalari, Nurxon ko‘chasidagi №1, 2, №1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,, 10-a uylar, Nurxon tor ko‘chalari.

Yakkasaroy tumani — Shota Rustaveli ko‘chasidagi 120, 122, 87-uylar. Hiloliy 3 tor ko‘chasi.

Suv bosimi pasayadi: Yakkasaroy tumani: Bog‘ibo‘ston ko‘chasi Cho‘ponota ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasiga qadar, Xazinabog‘ ko‘chasi, Sa’di Sirojiddinov ko‘chasi, Cho‘ponota ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasidan Bo‘rijar arig‘iga qadar, Shota Rustaveli ko‘chasi Cho‘ponota ko‘chasidan Bobur ko‘chasiga qadar, “Meros”, Muqimiy, “To‘qimachi” mahallalari.

6-aprel soat 09.00 dan 7-aprel soat 09.00 gacha 

Suv bo‘lmaydi – Mirzo Ulug‘bek tumani: Qorasuv — 1, 2, 3,4-massivlari, Fazo, Sadaf, Gulsara, Latofat ko‘chalari.

10-aprel soat 09.00 dan 11-aprel soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi – Sergeli tumani: “No‘g‘ayqo‘rg‘on”, “Qumariq”, “Choshtepa”, “Alisher Navoiy” mahallalari.

11-aprel soat 09.00 dan 12-aprel soat 21.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Mirzo Ulug‘bek tumani: Mirzakalon Ismoiliy, Tamaraxonim massivlari, Qori Niyozov, Mahatma Gandi, Darxon, Mustaqillik ko‘chalari, Asaka ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.

Yashnobod tumani — “Istiqlol”, “Semurg‘”, “Beshqo‘rg‘on” mahallalari.

Suv bosimi kamayadi: – Mirzo Ulug‘bek tumani: Sodiq Azimov ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.

Mirobod tumani: Yakkachinor ko‘chasi.

Yashnobod tumani: “Mashinasozlar”, “To‘ytepa” mahallalari, Yaponiya, Belarus, Ukraina, Indoneziya, Xitoy, Turkiya elchixonalari.

15-aprel soat 09.00 dan 16-aprel soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Yashnobod tumani: “To‘ytepa” mahallasi, Sodiq Azimov ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, To‘ytepa, Yahyo G‘ulomov, Boku, Sanjar, Migrob, Mavr, O‘sh, Farg‘ona yo‘li.

Suv bosimi pasayadi: Mirobod tumani: Yakkachinor ko‘chasi.

18-aprel soat 09.00 dan 19-aprel soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Sergeli tumani: “Qipchoq” mahallasi, Daryobo‘yi 4-tor ko‘chasi, Nilufar ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.

Suv bosimi pasayadi: Sergeli tumani: “Daryobo‘yi” mahallasi, Daryobo‘yi 3, 7 tor ko‘chalari, Sergeli 3,4 dahalari.

19-aprel soat 09.00 dan 20-aprel soat 09.00 gacha

Suv bo‘lmaydi: Uchtepa tumani: “Shaftolizor” mahallasi, Istirohat, Shoir ko‘chalari tor ko‘chalari bilan.

Suv bosimi pasayadi: Uchtepa tumani: “Istirohat” mahallasi.

25-aprel soat 09.00 dan 26-aprel soat 21.00 gacha 

Suv bo‘lmaydi: Uchtepa tumani: “Katta Qani”, “Foziltepa” mahallalari Qurilish ko‘chasi, Qurilish ko‘chasining 2-tor ko‘chasi, Izza 14 va 16-dahalari.

Shayxontohur tumani: “Chorsu”, “Gulobod”, “Bog‘ko‘cha”, “Sarxumdon”, “Qoratosh”, “Chaqar”, “Yangi Kamolon”, “Huvaydo”, “Gulbozor”, “Suzukota”, “Islomobod”, “Oqlon”, “Shofayz”, “Yangishahar”, “Obinazir”, “Koxota” mahallalari Yalankor ko‘chasi, Samarqand Darvoza, Furqat, Xoja Ahror, Navoiy ko‘chasidagi 42, 44-turar joy binolari, TM-3.

2. Suv bosimi pasayadi: Shayxontohur tumani: M-15, Beshyog‘och dahalari, “Koxota” mahallasi.

27-aprel soat 09.00 dan 28-aprel soat 09.00 gacha 

Suv bo‘lmaydi: Yashnobod tumani: 1,2 Asalobod dahalari.

Sergeli tumani: Sergeli-8 daha.

Suv bosimi pasayadi: Sergeli-5,6,7,8a dahalari, Sergeli-2,3,4 dahasidagi 9 qavatli turar joy binolari

2-maydan soat 09.00 dan 3-may soat 09.00 gacha 

Suv bo‘lmaydi: Uchtepa tumani: “Paxtakor”, “Jurjoniy”, “Ko‘kcha oqtepa” mahallalari, TS-5.

Shayxontoxur tumani: Beshqayrag‘och, Zafarobod, Ipakchi ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, “Ipakchi” mahallasi.

Olmazor tumani: “Beruniy maydoni”, “Universitet” mahallalari, 2- Chimboy ko‘chasidan Beruniy ko‘chasigacha bo‘lgan Kichik halqa yo‘li.

Suv bosimi pasayadi: – Shayxontohur tumani: “Zafarobod”, “Shofayz” mahallalari, Zafarobod 4-tor ko‘chasi, Istirohat, Oqibat, Ko‘kcha Darvoza ko‘chalari.

4-maydan soat 09.00 dan 5-may soat 09.00 gacha 

Suv bo‘lmaydi: Mirzo Ulug‘bek tumani: Olmachi ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Salor ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Qutb, Sayram, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi  №1, 1a, 2, 18, 65, 67, 73 turar joy binolari, BO‘Z-1 dahasi.

Suv bosimi pasayadi: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Sodiq Azimov ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.

Mirobod tumani: Yakkachinor ko‘chasi.

11-maydan soat 09.00 dan 12-may soat 09.00 gacha 

Suv bo‘lmaydi: Shayxotohur tumani: Navoiy ko‘chasidagi 42, 44-turar joy binolari, Zarqaynar ko‘chasidagi №1 turar joy binosi, Yalankar, Xo‘ja Ahror ko‘chalari, Qoratosh, Chorsu dahalari.

Suv bosimi pasayadi: Shayxontohur tumani: Olmazor dahasi.

Suv bo‘lmaydigan hududlarga suv tashuvchi mashina yuboriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 256-10-95, 252-55-78, 252-60-08 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют