» » Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ta’mirlanadigan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ta’mirlanadigan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ta’mirlash ishlari olib boriladigan ko‘chalarni e’lon qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017—2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori doirasida tumanimizda Buyuk Ipak yo‘li va Mirzo Ulug’bek ko‘chalari oralig‘idagi Sh.Burhonov kuchasining kapital ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda”, — deyiladi hokimlikning Facebook sahifasiga joylangan xabarda.

Keyingi navbatda:

– Avayhon ko‘chasi;
– Musavvirlar ko‘chasi;
– Sayram 5-tor ko‘chasi;
– Gulsanam ko‘chasi ta’mirlanadi.

Bundan tashqari, quyidagi ko‘chalarda qisman ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan:

– Gyote ko‘chasi;
– Qalandar ko‘chasi;
– Asaka ko‘chasi.

Shuningdek, rivojlantirish dasturiga 3 ta mahallalarning mavzelar oralig’idagi ko‘chalari va 5 ta mahallalarning ko‘chalarini qisman ta’mirlash ishlarini kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют