» » Putin Rossiya yadro qurolini faqat javob zarbasi sifatida qo‘llashini bildirdi

Putin Rossiya yadro qurolini faqat javob zarbasi sifatida qo‘llashini bildirdi


Rossiya yadro qurolini faqat javob-qarshi zarbasi sifatida qo‘llashi mumkin. Bu haqda Vladimir Putin jurnalist Vladimir Solovyevga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

“Bu raketa hujumi haqida ogohlantirish tizimimiz nafaqat raketa uchirilgani, balki parvoz trayektoriyasi va qismlar Rossiya hududiga qulashining aniq prognozini berganidan keyingina yadro qurolini ishlatish haqidagi qaror qabul qilinishini anglatadi. Ya’ni kimdir tomonidan Rossiyani yo‘q qilish haqida qaror qabul qilinsa, bizda ham bunga javob berish uchun qonuniy asos paydo bo‘ladi”, — dedi Putin.

Rossiya prezidentiga ko‘ra, bunday holat dunyo uchun global falokatga aylangan bo‘lardi.

“Shu bilan birga, Rossiya fuqarosi va bu davlat rahbari sifatida savol bermoqchiman: agar unda Rossiya bo‘lmasa, bunday dunyoning bizga nima keragi bor?”— o‘smoqchiladi Putin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют