» » Putin 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida nomzod sifatida ishtirok etishni o‘ylab ko‘rishga va’da berdi

Putin 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida nomzod sifatida ishtirok etishni o‘ylab ko‘rishga va’da berdi


Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etish-etmaslik haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Buryatiya va Irkutsk viloyatidagi yong‘inlarni bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida videoaloqa orqali buryatiyalik fuqaro Putinga murojaat qilgan.

U yong‘inlardan so‘ng turar joy binolari qanday tiklanayotgani haqida Rossiya prezidentiga axborot berib, so‘ng undan bo‘lajak prezident saylovida nomzod sifatida ishtirok etishni so‘ragan.

“Men bu haqda o‘ylab ko‘raman, rahmat”, — deb javob bergan Putin.

Ma’lumot uchun, Rossiyadagi navbatdagi prezident saylovi 2018-yilning 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют