» » Jirinovskiy: Putin 2018-yilgi prezident saylovlarida qatnashmasligi mumkin

Jirinovskiy: Putin 2018-yilgi prezident saylovlarida qatnashmasligi mumkin


Rossiya liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy Kreml prezident kim — Vladimir Putin yoki uni davom ettiruvchi bo‘lishini e’lon qilgan vaqtda rossiyaliklarni syurpriz kutishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Mk.ru”. Siyosatchi, shuningdek, o‘zi ham oltinchi marta nomzodini qo‘yishini tasdiqladi.

Rossiya telekanallaridan biriga bergan intervyusida u navbatdagi saylovlarga albatta borishini, bu u uchun oltinchi marta bo‘lishini aytdi. Muxbirning Putin ham saylovda qatnashishi haqidagi gapiga javoban, u bu narsa hali noma’lum ekanligini, xulosa qilishga shoshmaslik kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, Jirinovskiy Putin original yo‘l tutishni yaxshi ko‘rishini eslatdi. Shu bilan birga, partiya rahbari Putinni davom ettiruvchi odam aniq Medvedev bo‘lmasligini qayd etdi. Uning aytishicha, davom ettiruvchi haqidagi masalani allaqanday o‘n kishi hal qiladi, ammo hozircha u hal bo‘lgani yo‘q. Qaror dekabrda qabul qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют