» » Putin prezident saylovlarida ishtirok etish-etmasligi haqidagi savolga javob bermadi

Putin prezident saylovlarida ishtirok etish-etmasligi haqidagi savolga javob bermadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekindagi matbuot anjumanida 2018-yilgi saylovlarda ishtirok etish-etmasligi haqidagi savolga javob berib o‘tirmadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Yarim yil avval hamkasblarimning kelgusi prezident saylovlarida qatnashish-qatnashmasligingiz haqidagi savoliga javob berayotib, bu savolga javob vaqt talab qilishini aytgan edingiz. Shu vaqt o‘tib bo‘lmadimi?” — deb berilgan savolga Putin qisqa qilib: “Yo‘q”, — deb javob berdi.

Nashr eslatishicha, 2016-yil sentabrida Putin Bloomberg agentligiga bergan intervyusida 2018-yilgi prezident saylovlaridagi ishtiroki haqida gapirishga hali erta ekanligini aytgan edi. 2016-yil 14-aprelda aholi bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” chog‘ida ham prezident shunga o‘xshash javob bilan vaziyatdan chiqqan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют