» » ADWEEK 2018: baza stansiyalari uchun SanPin zamonaviylashtirish kampaniyasi yilning eng yaxshi PR loyihasi deb tan olindi

ADWEEK 2018: baza stansiyalari uchun SanPin zamonaviylashtirish kampaniyasi yilning eng yaxshi PR loyihasi deb tan olindi


2-mart kuni 2017-yilning 5-oktabridan 2018-yilning 31-yanvarigacha bo‘lib o‘tgan ADWEEK reklama Tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning reklama sohasi vakillaridan iborat 7 nafar hakamlar hay’ati 11 ta toifadagi eng yaxshi nomzodlarni tanlab oldi. Yilning eng yaxshi PR-loyihasi sifatida mobil aloqa operatorlari tayanch stansiyalari signalining oqim zichligini Sog'liqni saqlash vazirligining standartlarini modernizatsiya qilish bo'yicha kampaniya e’tirof etildi.

Uyali aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari uchun sanitariya qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi tashabbus bilan Beeline yil boshida chiqqan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining ko'magida 23 million abonentga mobil aloqa xizmatlarining sifatini yaxshilash va eskirgan standartlarni o‘zgartirish orqali tarmoqlar qamrovini kengaytirish loyihasi jamoatchilik muhokamasi tashkil etilgan edi. O‘zbekistonda uyali antennalarning elektromagnit nurlanish darajasiga oid sanitariya qoidalari va normalari dunyodagi eng qat’iy hisoblanadi: 2,5 mkVt/sm?. Taqqoslash uchun: Rossiyada bu ko‘rsatkich 4 barobarga yuqori — 10 mVt/sm?, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 40 barobarga yuqori — 100 mVt/sm? ga qadar, Isroilda esa 400 mVt/ sm?. 10, 100 va 400 mVt/cm2 ham mutlaqo xavfsiz parametrlar ekanligi tushunarli.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2006 va 2011-yillarda chiqargan bayonotlariga ko‘ra, jahon mobil aloqa operatorlarining tayanch stansiyalari tomonidan inson salomatligiga zarar etkazilganining bir dona misoli ham qayd etilmagan. Shuni ta’kidlash kerakki, tayanch stansiyalarining oqim zichligi darajasining oshishi, avvalambor, aholi punktlari, shuningdek, avtomobillar va temiryo‘llar o‘tgan hududlarda uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun amalga oshiriladi. Faqat 2017-yilda mamlakat bo‘ylab mobil aloqa operatorlarining 1843 tayanch stansiyalari o‘rnatilgan. Shunday qilib, bugungi kunda butun respublika bo‘ylab 20 mingdan ortiq tayanch stansiyalari o‘rnatilgan. Joriy yilda yana 4000 ta baza stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan, bu mamlakatning mobil aloqa hududlarini qamrab olish darajasini sezilarli darajada oshiradi va har joyda sifatini yaxshilaydi”, — dedi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Axmedxadjaev Azim.

ADWEEK xalqaro hay’ati loyihaning kontseptsiyasi va strategiyasini, shuningdek, butun soha va regulyatorning faol yordami natijasida qo‘lga kiritgan ijobiy natijalarini yuqori baholadi. Bir qator analitik nashrlar va ekspertlar muhokamasidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi SanPin 0295-11ga qo‘shimchalar kiritdi, bu esa oqim zichligini 4 martaga ko'paytirish imkonini berdi. O‘zbekistonning millionlab aholisi aloqa sifatidagi ijobiy o'zgarishlarni boshidan kechirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют